Modagram

Modagram.uz va mijoz orasidagi kelishuv.

Harid qilishdan avval shu savol-javoblar bilan tanishib chiqib uni bizning oramizdagi kelishuv deb qabul qilsangiz bo'ladi.


(Ko'pincha tushunmovchilikka sabab mavzu bu dostavka muddati. 

Sayt bazan bizga vaqtida olib kelmaydi yani skladgacha kelish muddati bizga bog'liq emas, shu sababdan bir necha yerda skladga kelgandan so'ng o'rtacha ~3-5 kun deb yozib qo'yganmiz)

Sotib olish
To'lov
Kargo
Zakazlar statusi
Qaytarish
Turkiya saytlari
Boshqa savollar
Yangiliklar
Sotib olish
• Zakazni sotib oldingizmi?
​Zakazlar o'rtacha 1 kunda sotib olinadi. Statusini shahsiy kabinetingizdan ko'rishingiz mumkin, sotib olinganda "kuplen" bo'ladi. Sotib olishni maksimal tezlashtirishga harakat qilamiz. 
• O'zimiz skladingizga zakaz bersek bo'ladimi?
​Yo'q, zakazlar barchasi bizning adminlarimiz tomonidan qilib yuboriladi.
• Zakaz berdik, uni otmen qilmoqchi edik bu qanday qilinadi?
​Agar zakaz berganizdan keyin biza sotib olgan bo'lsek unda oldin skladga keladi Istanbuldagi, keyin uyodan tovar qaytarib yuboriladi. 
​Agar Toshkentga kelib bo'lgan bo'lsa unda vaziyatga qaraladi, agar qaytarish muddati o'tmagan bo'lsa, bu 15 kun odatda, unda Istanbulga jo'natishga yordam qilib beramiz, lekin shunda ham klient kelish va ketish kargolarini to'lashi kerek bo'ladi, 7$ kg dan. 
• Faqat sila bergan saytladan zakaz qilsek boladmi?
​Yo'q, agar ishonchli yaxshi sayt bo'lsa u yerdan ham zakaz qilib berishimiz mumkin.
• Tovarim qanchaga tushishini qanday bilsam bo'ladi?
Buning uchun bizning telegram botdagi kalkulyatordan foydalanishingiz mumkin. 
• Minimum zakaz summasi bormi?
Ha, minimum zakaz summasi 10$.
• Rangini yozishimiz shartmi? 
Ha biza rang degan joyiga qarimiz. Agar ssilkada oq turgan bolsa sila qora etgan bolsela va rang degan joyda uni yozilmagan bolsa unda oq kiyim keladi. Lekin trendyol da masalan rangini tanlab keyin jonatsela boladi. Shunga etibor qilishinishi kerek bo'ladi.
• Komissiyani arzonro qilsek bo'ladimi?
​Yoq, chunki komissiya qo'limizdan kelganicha oz qo'yilgan. 
• Sotib olganimizdan keyin kurs o'zgardi endi nima bo'ladi, qaysi kursdan olinadi?
Zakaz qilingan paytdagi kurs qoladi, agar tolovni osha vaqt qilgan bo'lsangiz. Faqat katta o'zgarish bo'lgan bo'lsa sizga sotib olishdan oldin habar qilamiz agar sizga yangi narx maqul bo'lsa sotib olamiz.
To'lov
• To'lov qanday amalga oshiriladi?
​Click/Payme orqali to'lasangiz bo'ladi. Yoki naqd pul ofisga tashab ketsangiz bo'ladi. Karta raqamini bot orqali korsangiz bo'ladi.
 To'lov qilganim haqida chek berasizlarmi?
​To'lov balansingizda ko'rinadi. Shahsiy kabinetizdagi balans degan joyidan ko'rsangiz bo'ladi.
• Pul perevoddagi komissiyani kim to'laydi?
Buni mijoz to'laydi. Bizga kelib tushgan summa osha kungi kurs bilan hisoblanib balansinizga qo'shib qo'yiladi. 
• TL kursi nega pastro siladi kochadan?
Bizning hizmat osha kursi ichiga qo'shilgan.
• Balans degan joyida minus bo'lsa bu nima degani?
Bu sizning qarzingiz. Har bir to'lovingiz balansingizga qo'shib boriladi va har bir chiqim ham ayirib boriladi. Shunda tepadagi raqam bu sizning hisobingizda qolgan summa.
• Boshida hisoblaganingizdan hisob farqli chiqvotti nimaga?
Bazan trendyol va boshqa saytlar 1$ skladimizgacha dostavka uchun oladi. Osha summa boshida qoshilmagan bo'ladi, sababi har doim ham bu 1$ qoshilmaydi, bazan tekin bo'ladi bazan esa pullik. Qachon pullik bo'lsa osha "kargo do sklada" deb zakazingizga kiritib qo'yiladi. 
• Balansim katta minusga kiribdi nima uchun?
Balki kargo og'irroq bo'lgan bo'lishi mumkin. Buni bilish uchun transaksiyalarni ko'ring. Agar siz tushunmagan joyi chiqsa operator bilan bog'laning, biz ko'rib chiqamiz. 
• Pulimni balansimdan o'zimni kartamga o'tkazmoqchiman, qanday qilsam bo'ladi?
Buning uchun bizning operatorga murojat qilasiz va karta raqamingizni berasiz. Murojat qilingan vaqtdan boshlab 48 soatdan so'ng pul hisobingizga qaytariladi.
• To'lov qildim lekin cheki yoq, endi nima qilamiz?
Biz uchun chek bo'lgani maqul, chunki o'tkazmalar ko'p, ajratish qiyin boladi. Lekin nobodo cheki yoqolib qolgan bo'lsa muammo yoq, osha ayni vaqtini etsangiz operatorlarmiz ko'rib beradi.
• To'lov qildim lekin balansimda ko'rinmadi, nima uchun?
Sababi balki chekni bizaga jo'natmagandirsiz, balki operatorni buni kiritish esdan chiqgandir. Bunday bo'lmasligi uchun chekni jonatib bo'lib 1 kundan song balansingizni yana ko'ring agar qo'shilmagan bo'lsa unda operatorga murojat qiling yordam berishadi. 
• To'lov chekini telegramdan jonatamizmi yoki ilovani balans degan yerdanmi?
Ilovadan kiritsangiz tezroq kiritiladi. Lekin ikkala variant ham bo'ladi, telegram orqali jo'natsangiz operator 1 kun ichida kiritib qoyadi. 
Kargo
• Kargo realniy nechi kunda keladi?
Bizda hamma kargo samalyot orqali keladi. Shuning uchun muddat ancha tez. Ortacha skladga kelgandan keyin 3-5 kunda Toshkentda bo'ladi. Skladgacha yana  ~3-5 kun. Umumiy ortacha 7-10 kunda zakazingiz sizga yetib keladi inshaallah.
• Etgan vaqtilada kelishiga garantiya bormi?
​Bu muddatlar hammasi taqriban etilgan, bazan tezro bazan cho'zilishi mumkin. Asosan chozilishi sababi saytning bizga zakazlarni vaqtida jo'natmasligi. Qancha skladga kelishi cho'zilsa Toshkentga kelishi ham shuncha cho'ziladi. 1 haftada tahminan 2 martta yuk keladi Istanbuldan, qo'ldan kelganicha tezlashtirishga harakat qilamiz. 
• 30 kundan oshdi tovari hali ham olmadim, endi nima qilamiz?
​Agar tovar 1 oydan oshiq qolingizga kelmagan bo'lsa unda sizga pulingizni qaytarib beramiz. Lekin aslida 15 kun bo'lganda operatorla bilan bog'lanib nega kelmayapganini so'rab korsangiz ham bo'ladi, bazan sayt otmen qiladi shuning uchun kelmayapgan bo'lishi mumkin.
• Tovar og'irligini tog'ri o'lchaganmisizlar? Buncha narsa bunaqa og'ir chiqmasligi kerek edi..
Transaksiyada kargo uchun yechilgan summani ustiga bossangiz gramini rasmi bor.
• Sizlarda gramiga qarab o'lchanadimi yoki kg toliq olinadimi?
Gramiga qarab o'lchanadi. Har bir zakazda grami +50 gram farq qiladi, bu upakovkani hisobi. 
• Agar karobka og'ir bo'lsa uni olib tashab jonatsangiz bo'ladimi?
​Ko'pincha holatda oyoq kiyimlar karobkasi bilan keladi, sababi shunaqa qilsek tovarniy korinishi buzulmasdan keladi. Agar boshqa narsala bo'lsa va karobkasi juda og'ir bo'lsa operatorga murojat qilsangiz sizga yordamchi bo'lishadi.
• Oddiy kargodan olib keltirsek ham bo'ladimi? Arzonro varianit bormi yani?
Yoq, biz hozirda faqat ruchnoy kargo bilan ishlamoqdamiz, hadiya bo'lib keladi tovarlar. Sababi oddiy pochta kelishi juda juda uzun bo'lib qoladi bazan, bizaga esa bu modelda ishlash qiyinchilik tug'diradi. 
• Tovarla Toshkentga kelgandan keyin qanday olib ketamiz?
Buning uchun 2 variatimiz bor. 
1. Pick-up point dan olib olishingiz mumkin
​2. Yandex taxi orqali jonatib berishimiz mumkin. (Albatta yolkirasini o'zingiz to'lab olasiz)
​Pick-up point olish uchun avval tel qilib keyin kelishingiz kerek, chunki har doim ham dokonda odam bolurmidi.
• Viloyatlarga ham dostavkela bormi?
Ha albatta. Biz BTS pochtasi bilan ishlimiz. Odatda 1-2 kunda yetkazib berishadi. 
BTS 1 chi kg 25000, keyin 5 min dan qoshiladi kg qarab. Tolov predoplta qilinganidan keyin biza bts dan chiqarib yuboramiz.
Zakazlar statusi
• Zakazimiz keldimi?
​Statusini lichniy kabinetingiznidan korishingiz mumkin. Moi zakazi ni bossanigiz osha yerda korinadi. Kelgan narsalar "gotov k otpravke" bo'ladi. 
• Zakaz qildim, to'lovni ham o'tkazdim hali ham sotib olinmagan, nimaga?
​Bizada zakazlar o'rtacha to'lov qilinganidan so'ng 1 kunda sotib olinadi. Qo'ldan kelganicha tezlashtirishga harakat qilamiz.
• Zakaz statusi kuplen turibdi, bu nima degani?
​Zakazingiz sotib olingan, lekin hali kelmadi. Agar 15 kundan oshgan bolsa unda operatorga bog'lanib nimaga kech qolvotganini qiziqib ko'rsangiz bo'ladi. Odatda 15 kungacha hamma zakazlaringiz kelgan bo'lishi kerek.
• Zakazim na sklade bo'libdi, bu nima degani?
Demek zakazinigiz Istanbuldagi skaldda, ortacha 3-5 kunda Toshkentda bo'ladi.
• Zakaz statusi "gotov k otpravke" turibdi, bu nima degani?
​Zakazinigiz bizning Toshkent pick-up point da. Bemalol ovolishingiz mumkin. Lokatsiyani botimiz orqali ko'rishingiz mumkin. Yoki adminlarimizga etsangiz yandex orqali jo'natib berishadi.
 Zakaz statusi "otklonen" turibdi, bu nima degani?
Zakaz qilgan paytiz agar osha tovar qolmagan bolsa yoki narxi oshib ketgan bolsa unda tovar statusi otklonen bo'ladi. Orniga boshqa narsa ko'rib zakaz qilib yuborishingiz mumkin.
• Otklonen bo'libdi, lekin puli hisobimga qaytmadi, nega?
​Bizada otklonen bolgan tovarni summasi avtomatik tarzda hisobdan yechilmaydi. Yani osha zakaz summasini hisoblasangiz otklonen bo'lgan tovar hisob qilinmagan bo'ladi. Endi agar boshida kuplen edi keyin 10 kundan keyin otklonen bolgan bolsa unda tovar summasi to'liq yechilgan boladi, va sizga o'sha otklonen qilingan narsani summasi alohida balansingizga qaytariladi. Bu transaksiyalarda ko'rinadi.
• Baribir tushunmadim, otklonen bolgan narsa hisobimga qaytganini men kormadim, u pul qayerga ketdi?
Misol uchun 5 ta narsa tanladiz, har biri 20 TL dan. Shunda sizning hisobdan 100TL yechiladi, agar hamma narsez kuplen bolsa. Agar 4 tasi bor 1 tasi tugab qolgan bolsa unda 80TL yechiladi. Endi agar 5 ta narsa olindi lekin sayt 4 ta narsa jonatgan bolsa, (bazan sayti ozida qolmagan boladi), unda 1chi martta 100tl yechilgan. 2chi marttada 20tl alohida balansingizga qaytariladi. Buni balans degan yerda transaksiyalardan ko'rsangiz bo'ladi.
• Zakaz statusi kuplen lekin men uni olganman, togrilab qoyaslami?
​Buni operatorga aytsangiz tog'rilab qoyamiz. Bazan ish ko'payganida shunaqa xatoliklar bolishi mumkin, lekin astoyidil xatolarni kamaytirishga harakat qilamiz. 
• Zakazdagi tovar statusi gotov lekin olgan narsalarimi ichidan u narsa chiqmadi, nima qilamiz?
​Operatorga bog'lanib vaziyatni aytsanigiz sizga yordamchi bo'lishadi. Bunaqa xatolikni sababi balki biz tomondan etiborsilik bo'lgan bo'lishi mumkin. Bazan tovar pick-up pointt da bo'ladi lekin sizga to'liq hamma zakazinigiz berib yuborilinmagan boladi. 
• Zakaz statusi "dostavleno" lekin u tovarni men olmaganman.. nima qilamiz?
Operator bilan bog'laning u sizga zakazingiz qayerdaligini aniqlashga yordam qiladi. Muhtamalan pick-up point da bo'lishi kerek.
• Zakazimni ozgartirsam bolmayapti nega?
Barcha ozgartirishlar zakaz kuplen bolmasidan oldin qilishini mumkin. Kuplen bolgandan keyin faqat qaytarib yuborishimiz mumkin skladga kelgandan keyin.
Qaytarish
• Silada zakaz qaytarish uslugasi ham bormi?
​Ha albatta, agar tovar hali Istanbul skladida bolsa bu ancha oson.  Agar tovar Toshkentda bo'lsa unda kelish ketish yolkiralari klient tomonidan tolanadi, 7$ kg, va agar 15 kundan otmagan bolsa unda qaytarishga yordam qilib yuboramiz.
 15 kun qachondan boshlab hisoblanadi?
​Tovar bizning Istanbuldagi skladga kelib tushganidan boshlab. Buni sababi saytlar ham shu vaqtdan boshlab 15 kuni hisobini oladi. Bazi saytlarda 30 kun. Sayt shartlariga bogliq.
 Zakaz brak kelsa sila javob beraslami bunga?
​Ha albatta, biz qoldan kelganicha sezilarli brak bolsa unda tovarni qaytib olamiz. Agar qaytarish vaqti tugamagan bolsa saytga qaytaramiz ozimizning hisobimizdan. Agar vaqti otgan bo'lsa unda zararga kirib bo'lsa ham klienti pulini balansiga qaytaramiz. Klientlarimiz servisdan mamnun bolib davomiy bizdan harid qilishlari uchun qo'ldan kelganicha chiroyli hizmat korsatishga harakat qilamiz. 
• Pulimni qancha vaqtda qaytarasila?
Klient pul qaytishini talab qilgan vaqtdan keyin 48 soatda qaytadi, agar pul klient balansida bolsa. Agar saytga tovar qaytarilgan bolsa osha pul bizani hisobga tushgandan keyin biza klienti hisobiga tushuramiz, shundan keyin 48 soatda klienti kartasiga tasshab bersek bo'ladi. Ortacha sayt 10 kunda pulni qaytaradi.
• Kiyimni razmeri togri kemadi, qaytarsak bo'ladimi?
Yuqorida aytganimizdek ortacha 15 kunda qaytarilishi kerek saytga. Bu muddat tovar bizani skladga kelganidan keyin hisoblanadi. Ko'pincha xolatda bunday qilishga ulgurmayammiz, Istanbulga qaytgunicha 15 kundan o'tib kettadi. Lekin agar tezro kelgan bolsa urinib korishimiz mumkin. Kelish ketish kargosi klientdan olinadi.
• Qaytarilishi kerek tovarni instagram sahifelaga qoyib sotib korsekchi?
​Bo'ladi lekin ketishiga garantiya yo'q. 
• Tovar razmeri yoki rangi notog'ri kelgan bolsa skladga unda qaytarish qanday bo'ladi?
Bunday holatda biza klientga yozamiz, agar klient qaytarvoramiz deb etsa unda tovar Istanbuli o'zidan saytga qaytarib yuboriladi. Sayt pulini 10 kunla ichida bizani hisobga qaytaradi, keyin biza klienti balansiga osha summani qaytaramiz. Klient esa yangidan zakaz berishi mumkin.
• Tovar qaytarmasligimiz uchun qanday razmerni bilsak bo'ladi?
Eng yaxshi yo'li bilgan brand dan zakaz qilgan. Yoki Toshkentdi dokonidan borib kiyib aniq razmerni bilib keyin zakaz qilgan yaxshi, shunda aniqro keladi.
Turkiya saytlari
• Qaysi saytlarni tavsiya qilasizlar?
modagram.uz/shops shu dokonla ancha ischonchli, ko'p martta klientlarimiz harid qilishgan, ularga maqul bo'lgan.
• Boshqa saytladan ham zakaz qilsak bo'ladimi?
​Ha albatta, muhimi ishonchli sayt bo'lsa boldi. Buni bilish uchun osha saytni instagramni koring, 100k dan kop followerlari bor saytla odatda ishonchli bo'ladi.
 Turkiyada Instagram / telegram kanallari oshalardan zakaz qilsek bo'ladimi? 
​Yoq, hozircha faqat saytlardan zakaz qabul qilayapmiz. 
• Turkiyadan yeydigan narsa zakaz qilsek bo'ladimi?
​Ha albatta, muammo yoq inshaallah. Lekin to'kiladigan narsa bo'lsa tokilishiga biz javob bermimiz. Agar bizni ehtiyotsizlik bilan sinsa, yoki to'kilsa unda albatta unga javob beramiz. 
• Atir zakaz qilsek ham bo'ladimi?
Ha albatta. Hammasi odatdagidek hisoblanadi.
• Chinni idishlar ham zakaz qilsek bo'ladimi?
Ha albatta. Sayt odatda yaxshi upakovka qilib jonatadi. Toshkentga kelgunicha lekin nobodo sinib qolsa unga javob bermaymiz. Agar bizning ehtiyotsizligimiz bilan sinsa unda javob beramiz.
• Badlar zakaz qilsek ham bo'ladimi?
​Yo'q, badlar olib kelmaymiz, chunki badlar uchun o'zimizni alohida hamkorimiz sayti bor. biostore.uz
• Trendyolda hamma tovarlar originalmi?
​Tajribamizdan, ha deyarli hammasi original. Bazi atirlar kopiyasi bo'lishi mumkin, bu ham opisaniyasida yozilgan bo'ladi. Lekin trendyol 1 milliard $ lik kompaniya, saytida hamma narsamiz original deb yozib qo'ygan, bemalol zakaz qilursek bo'ladi insh.
• Saytdagi narx qaysi biri yoziladi?
Eng oxirgi skidkadagi narxi. Biz sizning Turkiyadagi vakilinigizmiz, osha tovar qanday narx bo'lsa shu narxda olamiz qo'ldan kelganicha. Agar nobodo sayt hadiya bersa ham sizni tovarizga qo'shib unda osha hadiyani ham sizga beramiz. Chunki biz sizga tovar sotmayammiz balki sizning vakiliz sifatida sotib olib, uni olib kelishga yordam qilamiz. 
Boshqa savollar
• Sizlarga qanday ishonsak bo'ladi? Pulni olib kiydirib ketmislami?
​Bu savolni javobi oddiy, 7 yildir shu ish bilan shug'ullanamiz agar kiydirmachi bo'lganimizda 7 yilda malum bo'lgan bolardi. Hotirjam 1 ta yerda ishlab otira olmas edik. Adreslarimiz malum bizani topib olish qiyin emas. Bizaga 1 martta aldab pulizni olgandan kora doimiy klient bo'lsangiz kelajakda balki osha puldan 10 barobarini halol yol bilan olarmiz, sizdan kelgan foyda orqali. Halollikda baraka boriligiga ishonamiz. Va albatta insonni rizqi yozib qoyilganligiga ham ishonamiz, oshani haromdan emas halolidan topishga harakat qilamiz inshaallah. 
 Nega 100% predoplata, 50% qilsek ham bo'ladimi?
​Yo'q, bizada faqat 100% predoplata, chunki boshqachasi ko'tarmas ekan.
• Nega telefon nomerila yo'q?
Sababi mijozlar bilan faqat bot orqali muloqot uslubini tanlaganmiz.
• Login sahifasi ishlami qoldi nima qilsek boladi?
Internet ishlavottimi yo'qmi tekshirib koring. Keyin chiqib ketib qayta kirib koring. Ishlab ketmasa operatorga murojat qiling yordam qivorishadi. 
• Login parol terudim bunday hisob yoq degan yozuv chiqayapti, nimaga?
2 oydan oshiq zakaz bermagan klientlaga yangi profil ochib beriladi.
• Ofisila qayerda joylashgan?
Ofis yo'q faqat olib ketish nuqtasi (punk vidachi) bor, Gangada. Bot orqali lokatsiyani korishingiz mumkin.
• Nega bot orqali yozsek kech javob berayapsizlar?
​Sababi bazan talablar ko'payib ketadi, bazan javob berish vaqt oladi. Sabr qilganingiz uchun minnatdormiz. Lekin ortacha 1 kunda javob beriladi, ha yoki yo'q deb bolsa ham.
• Sayt ishlamayapti.. nima qilsek bo'ladi?
Internet bog'landitingiz ishlayaptimi yoqmi ko'ring. 
• Tovarim polkelada qolib ketsa nechi oy tursa boladi?
Zakazlar pick-up point da, yani Toshkentdi polkada 3 oy saqlanadi. Keyin har bir kuniga 1000 somdan hisoblanadi. 1 yilda olinmagan tovarlar ehson qilib yuboriladi.
Yangiliklar
• Ofisimiz yoq faqat zakazni olish nuqtasi bor
Zakazni olish nuqtasi (pick-up point) manzili botda korsatilgan. Zakazlaringizni dokon ish vaqtida olib ketsangiz bo'ladi.​ Telegram bot: @modagramuz_bot
• Telegram botimiz ishga tushdi
Alhamdulillah, endi javoblar tezro keladi, sababi botga ancha ko'p har doim beriladigan savollarni yukladik. Masalan lokatsiya tashavorlismi? Kurs qanaqa? 100TL qancha bovotti kelishi bilan? Va shunga oxshash savollar. 
​Telegram botimiz:
@modagramuz_bot
• Operator kim? Ismi nima?
Operatorimiz Abdulloh. Modagram ga doir har qanday savolingiz bolsa tortinmay sorashingiz mumkjn. 
@modagramuz_bot