Modagram

Biz haqimizda

Modagram jamoasi 7 yildirki Siz aziz mijozlarning hizmatingizda. Sizning ishonchingiz sababidan biz Turkiya saytlaridan zakaz qilishlikni qo’ldan kelganicha osonlashtirdik, buning uchun o’z texnologik va logistik yechimlarimizni mijozlarimizga taklif qilamiz. Ularning mamnuniyat bizning muvaffaqiyatimiz demekdir.

Texnologiya

Modagram ning raqobatchilariga qaraganda eng katta ustunliklaridan uning o’z ilovasining mavjudligi. Bu sizga o’z jo’natmalaringizni qayerda ekanligini ko’rish imkoniyatini beradi. Qolaversa hisob kitoblarni oydin shakilda kuzatib borishingiz ham mumkin. 

Ishonchimiz komilki, texnologiyalar odamlar uchun hizmat sifatini sezilarli darajada o'zgartirishi mumkin, shuning uchun Modagram har doim izlanishda davom etadi va mijozlarga eng qulay tarzda hizmat ko'rsatishga harakat qiladi.

Kargo

Biz qo’ldan kelganicha faqat eng tez shakilda jo’natmalaringizni olib kelishga harakat qilmoqdamiz. Shuning uchun Modagram Express yani o’zimizning kargo yo’nalishi bo’yicha yuklarni olib kelmoqdamiz. Bu yuklar skladga kelgandan so’ng 3-4 kunda Toshkentga kelishini taminlash bizning prioritetlarimizdan, chunki hozirgi kunda tezlik bu yuqori sifat demekdir.

Komanda

Har bir ishchimiz ko’p yillik tajribaga ega. Har qanday muammo chiqsa mijozlar bilan birgalikda muammolarni sinchiklab o'rganib, qo’ldan kelganicha samarali hal qilishga harakat qilib kelmoqdamiz. Ishchilarimiz Turk tilida bemalol gaplasha olishadi, dokon bilan muammo chiqsa tezda uni hal qilishga kirishishadi. Muomila bizda yuqori o'rinda turadi, chunki guzal xulq mamnun mijozlar ortishi demekdir.

Halollik & Poklik

Biz o’z reputatsiyamiz haqida qayg’uramiz, shuning uchun 7 yil davomida maksimal mijozlar ishonchini oqlashga harakat qilib kelmoqdamiz. Bugungacha mijozdan pul olib uning tovarini yetkazib bermaslik holat bo’lgan emas, alhamdulillah. Bizning asosiy g'oyamiz, halol tijoratda Allahning barakasi bo’ladi, bunga juda katta ahamiyat beramiz.